Jamiyat
O‘zbekistonda 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni ishlanmaydigan bayram kunlari toifasiga kiritilishi kutilyapti. Tegishli qonun 1-may kuni Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasida muhokama qilinib, ma’qullandi.
Qonun bilan, Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha kiritiladi. Hozirda bu moddada 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari sanab o‘tilgan:
Bu ro‘yxatga 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kunini ham qo‘shish taklif etilyapti.
Deputatlarning aytishicha, hozirda kasaba uyushmalari tizimi 34 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Sohada 6 700 dan ziyod xodim va 300 mingga yaqin faollar xizmat qilyapti. Umuman, O‘zbekiston kasaba uyushmalari o‘z safida 5,5 milliondan ziyod xodimlarni birlashtirgan eng yirik jamoat tashkiloti hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni 2020-yil 24-noyabrda belgilangan edi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Sport
Jahon
Siyosat
109650
Jamiyat
94034
Jamiyat
89803
Jamiyat
72961
Jamiyat
//
Izoh yo‘q