Navoiyda Maʼnaviyat va maʼrifat maskani yana bittaga ko‘paydi

Saqlash
20:21 / 02.05.2023 1168 0

Navoiyning Nurota tumanida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega Ma’naviyat va ma'rifat maskani foydalanishga topshirildi.

 

Ochilish marosimi keng jamoatchilik, hokimlik vakillari, ijodkorlar, nuroniylar va yoshlar, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar ishtirokida o‘tdi.

 

 

Tadbirda so‘z olgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Navoiy viloyat bo‘limi rahbari A.Muqimov ushbu maskan o‘ziga xos ijodiy, aql markazlariga aylanishi, rang-barang tadbirlar, loyihalar amalga oshiriladigan, ziyoli insonlar qadami arimaydigan joy bo‘lishi lozimligini ta’kidladi hamda ziyo maskani kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasini tuhfa etdi.

 

 

Maskanda ijodkor va kitobxonlar uchun kutubxona va tadbirlar zali, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi uchun xizmat xonalari bo‘lib, qulay sharoitlar yaratilgan. 

 

 

 

Ma’lumot uchun, ayni paytda Navoiyda foydalanishga topshirilgan ma’naviyat va ma’rifat maskanlari soni 5 taga yetdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//