Ilm-fan
Qashqadaryoda TMC institutining filiali oʻz ochilishi kutilmoqda. BU haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimi Murotjon Azimov Singapurdagi “TMC academy” direktori Lee Chen Veng va Toshkentdagi TMC instituti rektori Azizbek Valixonovlarni qabul qildi.
Uchrashuvda TMC instituti filialini Qashqadaryoda ochish va xorijiy oʻqituvchilarni jalb etish boʻyicha muzokaralar olib borilib, viloyat hokimi yangi oʻquv yiliga qadar oliygoh faoliyatini boshlash uchun barcha yordam va shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat yakunida tomonlar qoʻshma ishchi guruh tashkil qilib, viloyatda oliy taʼlimning yangi yoʻnalishlarini belgilab olish va jahon standartlari negizida oʻquv metodikasini joriy qilish boʻyicha ishlarni tashkil qilishga kelishib olindi.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112321
Jamiyat
94994
Jamiyat
91118
Jamiyat
75882
Jamiyat
//
Izoh yo‘q