Referendumda uchta uchastkadagi natijalar haqiqiy emas deb topildi

Saqlash
22:53 / 01.05.2023 1599 0

30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda 8-Sirdaryo viloyati okrugidagi 226-son, 10-Toshkent viloyati okrugidagi 651-son va 14-Toshkent shahar okrugi 772-son referendum uchastkalarida qoidabuzarliklar aniqlandi.

 

Jumladan, komissiya a’zosining bir nechta byulletenni o‘zi to‘ldirayotganligi hamda ular tomonidan byulletenlarni ovoz berish qutisiga tashlash, ovoz berganlar sonini noto‘g‘ri ko‘rsatilganlik kabi xatti-harakatlar mazkur uchastkalardagi ovoz berish natijalarini shubha ostiga qo‘yadi.

 

Shu sababli “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasiga binoan, ovoz berish chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ushbu uchastkalar bo‘yicha haqiqiy emas deb topildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//