Bu haftada harorat pasayadi

Saqlash
17:49 / 01.05.2023 2669 0

Oʻzbekistonda 1−5-may kunlari – ish haftasi davomida harorat Qozogʻiston hududlaridan nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi hisobiga barqaror boʻlishi kutilmoqda.

 

“Oʻzgidromet”ga koʻra, 1-may kuni mamlakat boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat kun davomida Fargʻona vodiysining ayrim tumalarida yomgʻir yogʻishi momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shimol va choʻl hududlarining ayrim joylarida shamol tezligi 15−18 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo harorati +28…+33 darajani tashkil etadi.

 

Ish haftasi davomida Qozogʻiston hududlaridan Oʻzbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga harorat biroz pasayadi. Respublika boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4-may kuni respublikaning shimoliy hududlari boʻyicha biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

 

Seshanba va chorshanba kunlari shimolda va choʻl hududlarda, payshanba va juma kunlari esa respublika boʻyicha shamol tezligi 15−18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va choʻl hududlarda 4 va 5-may kunlari 20−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Hafta davomida harorat barqaror boʻlishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +25…+30 daraja atrofida boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//