Siyosat
“Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan davlat organlarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilandi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.
Qonunga koʻra, davlat qarzini boshqarish quyidagilardan iborat: davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish; davlat tomonidan mablagʻ jalb etish; davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni boshqarish; davlat qarzi bilan bogʻliq xatarlarni boshqarish; davlat qarzini restrukturizatsiya qilish; davlat tomonidan jalb qilingan mablagʻlarni qaytadan kreditlash; davlat kafolatini rasmiylashtirish va taqdim etish; davlat qarziga oid shartnomalarni va davlat kafolatlarining roʻyxatini yuritish; davlat qarzining hisobi va hisobotini yuritish; davlat qarzi boʻyicha xizmat koʻrsatilishini taʼminlash va davlat kafolatlarini bajarish.
Shunga koʻra, davlat qarzini boshqarish strategiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan fiskal strategiya bilan birgalikda 3 yil muddatga tasdiqlanadi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzni oʻz ichiga oladi hamda qisqa (1 yilgacha), oʻrta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq muddatga) boʻlishi mumkin.
Davlat qarzining eng yuqori miqdori yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.
Qonun 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Siyosat
Jamiyat
110960
Jamiyat
94492
Jamiyat
90423
Jamiyat
74431
Jamiyat
//
Izoh yo‘q