Jamiyat
1-maydan boshlab “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida AI-92 markali avtobenzinining narxi oshirilmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.
“UNG Petro MCHJ masʼul xodimlari bu boradagi xabarni shoshma-shosharlik bilan, rahbariyat bilan kelishmasdan ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilgan va bu holat boʻyicha ularga nisbatan tegishli choralar koʻriladi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Shuningdek, vazirlik may oyi ichida ushbu markadagi benzin narxi 7500 soʻmdan ham arzonlashishi kutilayotganini qoʻshimcha qilgan.
30-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda UNG Petro yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻi Navroʻz bayrami arafasida eʼlon qilgan AI-92 benziniga chegirmalar 1-maydan boshlab toʻxtatilishi toʻgʻrisida xabarlar tarqalgandi. Bunga esa UNG Petro Telegram-kanalida eʼlon qilingan xabar asos boʻldi. Mazkur xabar koʻp oʻtmay oʻchirib tashlandi.
Eslatib oʻtamiz, UNG Petro yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻi tomonidan Navroʻz bayrami arafasida eʼlon qilingan chegirma tufayli bir litr AI-92 markali benzin 7500 soʻmdan sotilishi belgilangandi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
112439
Jamiyat
95100
Jamiyat
91324
Jamiyat
76018
Jamiyat
//
Izoh yo‘q