Jamiyat
Toshkent shahrida “Maʼnaviyat festivali” doirasida oʻtkazilayotgan “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostidagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Shaharning tumanlaridagi Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi moddalari mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot-tashviqot tadbirlarida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, “Maʼrifat” targʻibotchilar guruhi aʼzosi Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti Munojot Yoʻlchiyeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mehmonali Salimov, falsafa fanlari doktori Shaxlo Ahrorova, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Axtamquli hamda ustazoda sanʼatkor, Rajabiy sulolasi vakili Aziz Rajabiy ishtirok etishdi.
Targʻibot tadbirlarida soʻzga chiqqanlar Konstitutsiyaning xalq xohish-istagini aks ettirishi hamda uning haq-huquqlarini muhofaza qilishi demokratiya, xalq hokimiyatining asosiy belgisi ekani haqida gapirdilar. Aholining borgan sari ortib borayotgan ehtiyojlari kishilarda, ayniqsa yoshlarda munosib hayot sharoiti uchun ijtimoiy kafolatlar, masalan, barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat hamda samarali boshqaruv talab qilayotganini taʼkidlab, ushbu masalalarning yechimi esa huquqiy poydevor – Konstitutsiya ekaniga urgʻu berildi. Bundan tashqari, asosiy qonunda har kimning uy-joyli boʻlish huquqi belgilanayotgani ham alohida qayd etildi. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning oʻz boshpanasiga ega boʻlishini taʼminlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
Taʼlim muassasalari, zavodlar va mahallardagi tadbirlarda qatnashgan aholiga yangi Konstitutsiyadagi oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi hamda yigʻilganlar bu xususida oʻz fikr-mulohazalarini boʻlishdilar, oʻzlaridagi savollarga javoblar oldilar.
Shu qatori joylarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Maʼrifat targʻibotchilari tomonidan “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Mehr-sahovat” loyihasi ham oʻtkazildi. Ushbu loyiha boʻyicha hududlardagi ayrim oilalar holidan xabar olindi va ularning yashash sharoitlari bilan tanishildi. Kam taʼminlangan oilalar farzandlariga oʻquv qurollari hamda kitoblar sovgʻa qilindi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q