Namanganda uch kun davomida “Maʼnaviyat festivali” boʻlib oʻtdi

Saqlash
14:37 / 21.11.2021 1040 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, vazirlik va idoralarining hamkorligini kuchaytirish borasida oʻtkazilgan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar yuzasidan viloyatda 17-19-noyabr kunlari “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazildi.

 

Festival avvalida matbuot anjumani oʻtkazilib, oʻtkaziladigan tadbirlar va ulardan koʻzlangan maqsad haqida maʼlumot berib oʻtildi.

 

Uch kun davomida viloyatning barcha hududlarida ziyolilar, nuroniylar, yoshlar va keng aholi ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, konsert dasturlari tashkil etildi.

 

Festivalning yakuniy qismi Namangan tumanidagi Madaniyat markazida tantanali tarzda boʻlib oʻtdi.

 

Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari, viloyat Yozuvchilar uyushmasi raisi va bir qator viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda ijodkorlar ishtirok etdi.

 

Sevimli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yangradi. Festivalni yuqori saviyada oʻtkazishga hissasini qoʻshgan bir guruh hamkor tashkilotlar rahbarlari tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//