Jamiyat
Xorazmda “Ma’naviyat festivali” doirasida o‘tkazilayotgan “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Viloyatning Xonqa, Yangibozor, Tuproqqal’a hamda Xiva tumanlaridagi Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi moddalari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Abduhalil Mavrulov boshchiligidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Olimjon Toshboyev, falsafa fanlari doktori Munira Qahhorova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov, falsafa fanlari doktori, professor, taniqli shoira Sayyora To‘ychiyeva, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, Lazgi ansambli xonandasi Xurshid Sobirovlar ishtirok etishdi.
Urganch Agrotexnologiyalar texnikumida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaning xalq xohish-istagini aks ettirishi hamda uning haq-huquqlarini muhofaza qilishi demokratiya, xalq hokimiyatining asosiy belgisi ekani haqida gapirdilar. Bundan tashqari, aholining borgan sari ortib borayotgani va ortib borayotgan ehtiyojlar kishilarda, ayniqsa yoshlarda munosib hayot sharoiti uchun ijtimoiy kafolatlar, masalan, barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat hamda samarali boshqaruv talab qilayotganini ta’kidlab, ushbu masalalarning yechimi esa huquqiy poydevor – Konstitutsiya ekaniga urg‘u berildi.
Tuproqqal’a tumanidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazidagi tadbirda qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda olinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy yordam, bundan tashqari nafaqa pullari va unga doir masalalar haqida yig‘ilganlarga Konstitutsiya doirasida ma’lumotlar berildi, ushbu pullar miqdori yashash uchun belgilab qo‘yilgan eng kam miqdordan past bo‘lmasligi kerakligi haqida eslatib o‘tildi.
Xuddi shunday tadbir Xiva tumanidagi “Polosulton” mahallasida ham o‘tkazildi. Tadbirda qatnashgan aholiga yangi Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi hamda yig‘ilganlar bu xususida o‘z fikr-mulohazalarini bo‘lishdilar, o‘zlaridagi savollarga javoblar oldilar.
Shu qatori joylarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Ma’rifat targ‘ibotchilari tomonidan “Ma’naviyat festivali” doirasida “Mehr-sahovat” loyihasi ham o‘tkazildi. Ushbu loyiha bo‘yicha hududlardagi ayrim oilalar holidan xabar olindi va ularning yashash sharoitlari bilan tanishdilar. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga o‘quv qurollari hamda kitoblar sovg‘a qilindi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q