Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlay turib, O‘zbekistonda tashqi savdoni erkinlashtirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilganini ta’kidladi. Bu haqida prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Jumladan, investorlar uchun zarur bo‘lgan 7 mingdan ziyod xomashyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi.
Bojxona hududida qayta ishlashning soddalashgan tartibi joriy etildi.
Tashqi savdo va raqobat muhitini yangi bosqichga olib chiqish, yangi-yangi bozorlarga kirish maqsadida O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish borasidagi ishlarni jadallashtirdi.
“Alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman, Jahon savdo tashkiloti talablari islohotlarimiz mazmuniga to‘la mos va biz ushbu nufuzli tashkilotga tezroq a’zo bo‘lib kirishdan manfaatdormiz”, - dedi Prezident.
Hozir a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar olib borish hamda milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti qoidalari bilan uyg‘unlashtirish qizg‘in bosqichda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112326
Jamiyat
94997
Jamiyat
91122
Jamiyat
75886
Jamiyat
//
Izoh yo‘q