Jamiyat
Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasida suyultirilgan gazni qabul qilish va yetkazishda talon-toroj qilish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
2023-yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur punkt va stansiyalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida suyultirilgan gazni qabul qilish va yetkazishda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi qarori talablariga rioya etilmagani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 22,9 mlrd so‘mlik (4794 tonna) suyultirilgan gaz asoslantiruvchi hujjatlarsiz, noqonuniy ravishda talon-toroj qilingani aniqlandi.
Holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
109640
Jamiyat
94029
Jamiyat
89791
Jamiyat
72953
Jamiyat
//
Izoh yo‘q