Ilm-fan
Hukumat qarori (250-son, 18.05.2026-y.) bilan “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish tartibini belgilaydi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.
Unga koʻra, xalqaro olimpiadada 14-18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh boʻlgan maktab oʻquvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi. Xalqaro olimpiada har yili oktyabr oyigacha 2 bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) oʻtkaziladi.
Ishtirokchilar jamoaviy yoki yakka tartibda offlayn va onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin. Xorijiy davlat terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi. 1 ta davlatdan 3 tagacha terma jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
1-bosqichda (test) ishtirokchilar umumiy 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topshiriqlarini bajaradi.
2-bosqichda (yozma ish) ishtirokchilar Hakamlar hayʼati tomonidan taqdim etilgan 5 tagacha yozma ish (esse) mavzulari orasidan qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlangan 1 ta mavzu asosida ijodiy ish yozadilar.
Olimpiada gʻolib va sovrindorlari oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Ilm-fan
Jahon
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112315
Jamiyat
94986
Jamiyat
91112
Jamiyat
75876
Jamiyat
//
Izoh yo‘q