Siyosat
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklarni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, koʻrsatilgan muddatda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu boʻlinmalarda hozir boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik BHM 1 baravaridan 12 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda daʼvatlar qilish, xuddi shuningdek Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilariga ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish BHM 3 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q