Jahon
57 yoshli Xarris mamlakatni 85 daqiqa oʻz nazoratida ushlab turgan.
AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris prezidentlik vakolati qisqa muddatga berilgan birinchi ayol boʻldi. Jo Bayden bu vaqt ichida navbatdagi tibbiy koʻrikdan oʻtdi.
Tekshiruvlardan soʻng Baydenning shifokori uning sogʻlom ekanligi va u oʻz vazifalarini bajara olishini maʼlum qildi. Tibbiy koʻrik prezident tavalludining 79 yilligi arafasida boʻlib oʻtdi.
Oq uy matbuot kotibi Jen Psakining aytishicha, bunday sharoitda vakolatlarning vaqtincha berilishi misli koʻrilmagan hodisa emas va bu AQSH konstitutsiyasida belgilab qoʻyilgan. 2002 va 2007-yillarda prezident Jorj Bush ham xuddi shunday tartibni qoʻllagan.
Prezident Oq uyga qaytdi va u hozirda oʻzini yaxshi his qilayotganini maʼlum qilgan.
Jo Bayden oxirgi marta 2019-yil dekabrda toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtgandi. Oʻshanda ham uning shifokori uni sogʻlom, baquvvat va prezidentlik vazifalarini muvaffaqiyatli bajara oladi, deb taʼriflagan edi.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q