Noyabrda bolalar uchun 20 mingdan ortiq “Tez yordam” chaqirilgan

Saqlash
12:29 / 20.11.2021 946 0

Toshkent shahrida bolalar oʻrtasida oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalinish holatlari koʻp kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

 

Qayd etilishicha, 1-18-noyabr kunlari Toshkent shahar “Tez yordam” xizmati CALL markaziga kelib tushgan chaqiriqlar soni 61 ming 152 tani tashkil etib, bolalar boʻyicha umumiy murojaatlar 20 ming 073 taga yetgan.

 

Shundan tana harorati koʻtarilgan, OʻRVI va pnevmoniya holatlari kuzatilgan 10 ming 642 nafar bolaga sifatli tibbiy yordam koʻrsatilib, zotiljamga chalingan 321 nafar bola gospitalizatsiya qilindi, deyiladi xabarda.

 

Bir kunda Toshkent shahri boʻyicha bolalar uchun murojaatlar soni oʻrtacha 1200-1400 taga koʻtarilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//