Iqtisod
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish va sotish boʻyicha shartnomalar tuzishni toʻxtatganini maʼlum qildi.
«Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinchi bor yuz berishi, lekin biz bugungi kunda jahon avtomobil sanoati ogʻir kunlarni boshdan kechirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emasligini bir necha bor xabar qilganmiz.
Shu munosabat bilan, UzAuto Motors AJ rahbariyati va jamoasi oʻz mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun cheksiz uzr soʻraydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uchun qaygʻurib, qabul qilingan qarori yagona toʻgʻri qaror ekanligiga ishonadi.
Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlangan barcha mablagʻlar toʻliq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qoʻshimcha ravishda oldindan toʻlov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi»,– deyiladi xabarda.
Yangi krossover sotib olish niyatida boʻlgan xaridorlar oʻz xohishiga koʻra, Captiva 5 avtomobili oʻrniga Equinox yoki Tracker modellarini xarid qilishi, almashtirilgan avtomobillarni yetkazib berish muddati Captiva 5 uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq, 2022-yil yanvar oyidan kechiktirilmagan holda amalga oshirilishi ham aytib oʻtilmoqda.
Shuningdek, kompaniya xaridorlarga yuqorida koʻrsatilgan muddat asosida Captiva 5 avtomobili oʻrniga Malibu, Cobalt yoki Trailblazer avtomobillarini xarid qilish imkoniyatini koʻrib chiqishni taklif etmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q