Jamiyat
Buxoro viloyati Kogon shahrida ikki kishi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etgandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuz bergan mazkur holatga rasmiy munosabat bildirib, komissiya baxtsiz hodisa sabablarini oʻrganayotganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 2021-yil 16-noyabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahar Doʻstlik koʻchasida “61-sonli Avtokorxona” MCHJ tomonidan kanalizatsiya quvuri qazish ishlari olib borilgan. Shu kunning ikkinchi yarmida kovlangan oʻraning atrofidagi tuproq oʻpirilib tushishi natijasida fuqarolar Amirov Namozbek Xusan oʻgʻli va Saidqulov Sardor Valijon voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasining 2021-yil 18-noyabrdagi “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish toʻgʻrisida”gi 202-ICH-sonli buyrugʻi qabul qilindi.
“Ayni paytda, buyruqqa asosan tuzilgan komissiya roʻy bergan hodisa sabablarini oʻrganmoqda. Uning yakuniga koʻra qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, – deyiladi xabarda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q