Endi abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

Saqlash
22:31 / 19.11.2021 963 0

Hukumat qarori bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

 

Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

 

86-100% uchun – 5 baho;

 

71-85% – 4 baho;

 

56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

 

Ushbu tartib 2022/2023-yil oʻquv yilidan qoʻllaniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//