Jamiyat
Anjumanda Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgartirishlarga urg‘u berildi. Asosiy qonunda O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekanligi alohida begilanayotgani ta’kidlandi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada barcha aholi qatlamlarining manfaatlari inobatga olingani, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etgani alohida qayd etildi.
Xususan, umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushgani, takliflarning har to‘rttasidan bittasi loyihadan joy olgani, shu ma’noda yangilanayotgan Konstitutsiya tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotgani e’tirof etildi.
– Yangilanayotgan Konstitutsiya mohiyatini keng tushuntirishga oid targ‘ibot tadbirlari xalqimizda katta qiziqish uyg‘otmoqda, – dedi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo. – Ushbu targ‘ibot tadbirlarida ijodkor ziyolilar, olimlar, yozuvchi va shoirlar faol qatnashmoqda. Konstitutsiyaning asosiy manbai bu xalqdir. Konstitutsiyaviy islohotlar orqali Yangi O‘zbekistonda inson qadrini yanada yuksaltirish bo‘yicha amaliy rejalar belgilab olinmoqda. 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum millatidan qat’i nazar, barcha o‘zbekistonliklarni Vatanimiz kelajagiga daxldor muhim siyosiy jarayonda yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtiradi.
Ma’lumki, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda. Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, ya’ni amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda.
Yigʻilishda Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy oʻzgarishlarning har biri boʻyicha alohida-alohida toʻxtalib oʻtildi, fikr almashildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q