MTRK tarkibidagi “Madaniyat va maʼrifat” kanali yopilmoqda

Saqlash
18:07 / 07.04.2023 2393 0

project.gov.uz portalida “Madaniyat va maʼrifat” telekanali “Karvon” telekanaliga aylantirish loyihasi eʼlon qilingan.

 

Prezident qarorining loyihasida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “Madaniyat va maʼrifat” telekanali “Karvon” nomi bilan qayta nomlanib, Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishi belgilangan.

 

Qaror loyihasidan maʼlum boʻlishicha, Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufiga oʻtadigan telekanal MTRK moddiy-texnik bazasidan foydalanish imkoniyatini ham oʻzida toʻliq saqlab qoladi.

 

Yangi “Karvon” telekanali davlat muassasasi hamda “Madaniyat va maʼrifat” markazi telekanalining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Avvalroq Oyina.uz portalida “Kimgadir kerak boʻlmagan madaniyat va maʼrifat bizga kerak!” sarlavhali maqola eʼlon qilingandi. Unda kanal faoliyati haqida ijobiy fikrlar bildirilgandi. Maqolani bu yerda oʻqish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//