Jamiyat
Dunyodagi katta yoshli aholining taxminan 17,5 foizi, ya’ni har olti kishidan biri bepushtlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida ma’lum qilindi.
JSSTning yangi hisobotiga ko‘ra, bepushtlik barcha mamlakatlar va mintaqalarda asosiy sog‘liqni saqlash muammosiga aylangan. U bilan kasallanish yuqori, o‘rta va past daromadli mamlakatlarda bir xil darajada ekani qayd etilgan.
“Hisobotdan muhim xulosa kelib chiqadi, bepushtlik hech qanday farqni bilmaydi va aholining barcha toifalariga ta’sir qiladi. Bepushtlikdan aziyat chekayotganlarning ko‘pligi uni davolash imkoniyatlarini kengaytirish, tadqiqot va sog‘liqni saqlash siyosati, endi bu mavzuni chetlab o‘tmasligini ta’minlash zarurligini ko‘rsatadi. Bu esa bepushtlikni xavfsiz, samarali va arzon tibbiy vositalar orqali davolab, ota-ona bo‘lishga intilayotgan har bir kishiga yordam berish kerakligini bildiradi”, deydi JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreisus.
Muammoning kattaligiga qaramay, bepushtlikning oldini olish, diagnostika qilish va davolash, shu jumladan in vitro urug‘lantirish kabi yordamchi reproduktiv texnologiyalarning qimmatligi va cheklanganligi tufayli bunday xizmatlar ko‘pchilik uchun imkonsiz bo‘lib qolmoqda.
JSST jinsiy va reproduktiv salomatlik hamda tadqiqotlar direktori Paskal Allotning aytishicha, millionlab odamlar bepushtlik bo‘yicha tibbiy yordam so‘rash natijasida halokatli tibbiy xarajatlarga duch kelishadi, bu esa muammoni tengsizlikning asosiy omillaridan biriga aylantiradi va ko‘pincha odamlar qashshoqlik holatiga tushib qoladi.
Yangi hisobot dunyo bo‘ylab bepushtlikning keng tarqalganligi haqida ishonchli dalillar keltirsada, u ko‘plab mamlakatlar va ayrim mintaqalardagi vaziyat haqida tizimli ravishda ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidlaydi. Hisobotda JSST bepushtlik bo‘yicha milliy statistik ma’lumotlarni ko‘paytirishga chaqiradi, bu bepushtlik ko‘rsatkichlarini aniqroq baholash, uni davolashga muhtojlarni aniqlash va bepushtlik xavfini kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, JSST hisoboti 1990-2021 yillarda o‘tkazilgan 100 dan ortiq tadqiqotlarga asoslangan.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q