Siyosat
Xalqaro UNESCO tashkiloti tomonidan dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni o‘rnatish, millatlar va elatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Ulardan biri 1995-yil 16-noyabrda qabul qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari deklarasiyasi”dir. Shu munosabat bilan yurtimizda bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda. Xalqaro press klubning haftalikka bag‘ishlangan “O‘zbekiston bag‘rikeng diyor” mavzusida maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Xalqaro Islom akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul rahbarlari va turli xalq madaniyat markazi vakillari hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.
Spikerlar qatorida O‘zbekiston madaniy markazlari Assosiasiyasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak O‘zbekistonga kelishi, o‘zbek xalqining boshqa millat vakillarini qanday kutib olgani haqida so‘zlab berdi:
— Har bir insonda vatan bitta bo‘ladi. Koreyslar o‘zbekistonga XVIII asrda kelgan. Lekin asosan 1937-yilda 70 ming aholi O‘zbekistonga olib kelingan. Ular qatorida mening bobom va otam ham shu diyorga kelgan. Hech qachon unutma, poyezdda yurganimizda, qayerga ketyapmiz, tilini bilmaymiz, oddiy xalq bizni bag‘rikenglik bilan kutib olgan. U paytlar o‘zbek xalqi juda boy yashamagan. Paxsa devorli uyni o‘rtadan pardada to‘sib, bir tomonda koreys, bir tomonda o‘zbek xalqi yashaganmiz. Bir butun nonni barobar bo‘lib yegan. O‘zbekistondagi koreyslar uchun O‘zbekiston ularning vatani. Men ko‘p chetga chiqaman, dengiz taomlari yoqmaydi. O‘zbekistonga kelganimda tayyorlaydigan bir kosa osh menga hamma taomdan totliroq tuyiladi. Bu vatanda yashash men uchun katta baxt.
Tug‘ilganimda ota-onam ajrashib ketgan va men buvamning qo‘llarida qolib ketdim. U zamonda hozirgiday qo‘shimcha bolalar ozuqasi yo‘q edi. Faqat mol suti bo‘lardi. Qarasam mazam bo‘lmayapti, qarasalar o‘lib ketyapman. Qo‘shnim To‘xtaxon opa mendan bir hafta katta o‘g‘li bilan birga meni ham 7 oy ko‘krak suti bilan boqib katta qilgan.
O‘zbek xalqining boshqa millat vakillari qanchalik bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lganiga mana men guvohman. Ba’zan o‘ylab qolaman, balki mening ham qonimda o‘zbek qoni oqayotgandir, deb. O‘zimizning oilamizda ikkita o‘g‘il, ikkita kelin, beshta nevara bor – hammamiz bir hovlida ahil bo‘lib yashaymiz, – deydi Viktor Pak.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q