Jahon
“Garri Potter” filmi katta ekranlarga chiqqaniga 20 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan uning yubileyiga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda “The Hollywood Reporter” nashri xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar asar muallifi, britan adibasi Joan Roulingni tantanaga chaqirmoqchi emas. Bunga yozuvchining transfobiyada ayblashlari sabab deb ko‘rsatilmoqda.
O‘tgan yili Rouling Tvitter sahifasida transgender masalasi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi. U COVID-19 pandemiyasi jinsini o‘zgartiruvchi odamlarga saboq bo‘lishi kerakligiga sha’ma qilgan. Afsuski, ijtimoiy tarmoq foydaluvchilari uni transgenderlikni tahqirlashda aybladi.
“Garri Potter” haqdagi maxsus film 2022-yilning 1-yanvarida namoyish etiladi. Unda kartinaning asosiy qahramonlari: Deniyel Redkliff, Rupert Grint, Emma Uotson hamda rejissyor Kris Kolambus ishtirok etadi. So‘ng ular bilan suhbat va interyular o‘tkaziladi. Tantanada mitti sehrgarning yaratuvchisi Joan ishtirok etmaydi.
Joan Rouling 2019-yilda eng ko‘p qalam haqi oladigan yozuvchilar reytingida birinchi o‘rinni olgandi. Mutaxassislar uning daromadini 92 million dollarga baholashgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q