Ai-80 markali avtomobil benzini narxi tushishni boshladi

Saqlash
14:20 / 18.11.2021 984 0

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va qator tegishli vazirlik va idoralar masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruhi tomonidan olib borilgan bir qancha choralardan soʻng benzin narxining pastlashiga erishildi, deb xabar bermoqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi axborot xizmati.

Olib borilgan ishlar natijasida joriy yilning 15-noyabrga nisbatan 17-noyabr kuni birja savdolariga qoʻyilgan AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming soʻmdan 9 365 ming soʻmga tushib, 8 foizga arzonlashgan.

 

Shuningdek, birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni 3,5 barobarga (32 tadan 112 taga) oshgani kuzatilgan.

 

Xabarda taʼkidlanishicha, chora-tadbirlar biroz vaqt talab qilgani uchun, tegishli davrda avtomobillarga yonilgʻi quyish shahobchalari tomonidan ilgari sotib olingan qimmat narxdagi benzin zaxiralari hisobiga yuqori chakana narxlar saqlanib qolishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//