Madaniyat
Isteʼdodli shoir va jurnalist Akmal Toshev (Akmal Tosh) vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Fozil Farhod maʼlum qildi.
Akmal Toshev – 1985-yil 6-aprelda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqtosh qishlogʻida tugʻilgan. 1992-2003-yillar qishloqdagi 41-umumtaʼlim maktabida oʻqidi. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida bakalavr yoʻnilishini (2004-2008), magistratura bosqichini (2011-2013) tamomladi.
U badiiy ijod bilan shugʻullandi. Qator markaziy gazeta va jurnallarda sheʼrlari chop etilgan. “Mohiyat lahzalari” (2008), “Farishtali kunlar” (2011) nomli sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. “Qashqadaryo bayozi” (2007), “Yoshlar kitobi” (2008) hamda “Oltin koʻprik” (2010) almanaxlariga sheʼrlari kiritilgan.
Shu kungacha “Inson va qonun gazetasi” hamda “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Кодирова Угилхон Сотиболдиевна
12:01 / 01.01.1970
Якинларига аллох сабир берсин