Iqtisod
Oʻzbekiston yalpi xalqaro oltin-valyuta zaxirasi oʻsdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 2021-yilning oktyabr oyida 797,1 million AQSH dollariga yoki 2,3 foizga oʻsgan. Bunda, oltin narxining oy boshidagi 1730,95 AQSH dollardan 1796,30 dollargacha koʻtarilishining taʼsiri 788,3 million AQSH dollarini tashkil qilgan.
Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1-noyabr holatiga koʻra, 35 milliard 211,4 million AQSH dollarini tashkil qilmoqda. 1-oktyabrda bu koʻrsatkich 34 milliard 414,3 million dollarga teng edi.
Oʻzbekistonning oltin zaxirasi 21 milliard 669 million 9 ming dollarga yetgan. Bu koʻrsatkich oktyabr oyi boshida 21 milliard 344 million 7 ming dollar boʻlgan. Eʼtiborli jihati, oktyabr oyida oltin zaxirasi hajmi 12,3 million troy unsiyani tashkil etgan boʻlsa, noyabr oyiga kelib 12,1 million troy unsiyagacha kamaygan.
Shuningdek, naqd valyuta va depozitlarning jami miqdori 12 milliard 417,1 million AQSH dollarini tashkil etgan.
Bundan tashqari, xorijiy valyutadagi boshqa aktivlar hajmida keskin oʻsish kuzatilgan. Oktyabr oyida bu aktivlar hajmi 23,8 million AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, noyabr oyida ushbu koʻrsatkich 99,2 million dollargacha koʻtarilgan. Yil boshida esa bu turdagi aktivlar 110,7 million AQSH dollarini tashkil etgan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q