Jamiyat
Yashnobod tumanida avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, haydovchilar javobgarlikka tortilgan.
Qayd etilishicha, 2-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha 32 yoshli N.B. hamda 28 yoshli M.M. ga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish ko‘rib chiqilgan.
Sud majlisida aniqlanishicha, ular 28-fevral kuni soat 08:30 larda Yashnobod tumani Izzat ko‘chasida o‘zlariga biriktirilgan avtobuslarni boshqarib, harakat davomida bir-birlariga yo‘l bermasdan kelib, shu ko‘chada joylashgan 76-sonli avtobekat oldida to‘xtagan. Shundan so‘ng haydovchilar jamoat joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘zaro janjallashib, bekatda turgan fuqarolar oldida bir-birlarini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan va fuqarolar osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining qarori bilan N.B. va M.M.ning har biriga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan 7 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati yoki protest berilishi mumkinligi maʼlum qilingan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q