Ilm-fan
2022/2023 oʻquv yilida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filialida oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari prokuratura tomonidan oʻrganildi.
Qayd etilishicha, 356 nafar (shundan, qoʻshilgan 322, kamaytirilgan 34) abituriyentlarning haqiqatda toʻplagan ballariga soxta yozuvlar kiritish orqali, yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilmay qolinganligi aniqlangan.
Jumladan, velosport yoʻnalishida abituriyent D.Bakirovning haqiqatda toʻplagan 105,2 balli soxtalashtirilib, Davlat test markazining elektron maʼlumotlar bazasiga pasaytirilgan 67,4 ball kiritilishi oqibatida talabalikka tavsiya etilmagan.
Viloyat prokuraturasi tomonidan 10.12.2022-yilda Bosh prokuratura orqali Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish Davlat komissiyasi raisiga xat kiritilib, unda idoralararo ishchi guruhi tuzilgan holda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filialida oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini qayta koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha taklif kiritish soʻralgan.
Shunga koʻra, masʼul vazirliklarning yetuk mutaxassislaridan iborat tarkibda idoralararo ishchi guruhi tuzilib, har bir abituriyentlarning natijalari qayta koʻrib chiqilgan va 145 nafari asossiz ravishda talabalikka qabul qilinmasdan qolganligi aniqlangan.
Oʻrganish natijalari 14.02.2023-yili Komissiya majlisida muhokama qilinib, yuqoridagi 145 nafar (3 nafar davlat granti va 142 nafar toʻlov - kontrakt) abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish haqida qaror qabul qilingan.
Ushbu qarorga asosan filial direktorining 16.02.2023-yildagi 10, 31 va 32-sonli buyruqlari bilan yuqoridagi 145 nafar abituriyentlar talabalikka qabul qilinib, ularning buzilgan huquqlari tiklandi.
Yoshlar huquqlarini buzgan filialning sobiq direktori R.Rasulov va qabul komissiyasi masʼul kotibi M.Muxriddinovga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q