Iqtisod
Joriy yil yanvar-oktyabr oylarida onlayn-auksionlar orqali 247,2 mlrd soʻmlik 117,5 mingdan ziyod avtoraqamlar sotilgan. Bu haqda AOKAda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, 2021-yil 10 oylik yakunlariga koʻra, respublika tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 61,5% ga oʻsib, qariyb 70,0 trln soʻmni tashkil etgan.
Shuningdek, yanvar-oktyabr oylarida elektron davlat xaridlari boʻyicha tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi oʻtgan yilga nisbatan deyarli 2,5 barobarga oshib, qariyb 8,0 trln soʻmga yetgan. Bunda byudjet va korporativ buyurtmachilari mablagʻlarining tejalishi ikki marotabaga oʻsib, 1,3 trln soʻmni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, ushbu davrda avtoraqam.uzex.uz orqali onlayn-auksionlarda 247,2 mlrd soʻmlik 117,5 mingdan ziyod avtoraqamlar sotilgan. Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 1,6 barobarga, hajmi esa 24% ga oʻsgan. Sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln soʻmni tashkil qilgan.
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q