Jamiyat
Samarqand gornizonidagi harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holati sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko'ra, Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari "Sazagan" dala-o'quv maydonidagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlik yo'lagida mashg'ulotlar o'tkazgan. Ta'kidlanishicha, mashg'ulotlar axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni munosabati bilan o'tkazilgan.
Harbiy xizmatchilarning ushbu yo‘lakda og‘ir sharoit va tog'li hududlardan o'tish, tabiiy va notabiiy to'siqni yengib o'tishda epchillik, yerosti yo'lagidan o'tish davomida kutilmagan vaziyatlarga tayyor turish kabi xususiyatlar shakllantirilgan. Shu bilan birga, ularning tezkorlik hamda chaqqonlik, tez qaror qabul qila olish qobiliyatlari 15 ga yaqin to‘siqlarda sinalgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111294
Jamiyat
94569
Jamiyat
90529
Jamiyat
74785
Jamiyat
//
Izoh yo‘q