Jamiyat
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, 24-fevral kuni Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massalari shimoli-gʻarbiy viloyatlarga, 25-26-fevral kunlari esa butun respublika hududiga kirib boradi.
24-fevral kuni Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida, 25-fevralda respublikaning qolgan hududlarida yomgʻir va qor shaklida yogʻingarchilik, togʻ oldi va togʻli tumanlarda kuchli yogʻingarchilik boʻladi.
24-25-fevral kunlari respublika boʻylab baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
25-26-fevralda havo haroratining qisqa muddatli pasayishi kechasi 0...-5 darajagacha, respublika shimolida -5...-10 darajagacha, kunduzi 0...+5 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q