Bahodir Jalolovning raqibi ringga chiqishni istamadi

Saqlash
09:02 / 24.02.2023 1961 0

Bolgariyada boʻlib oʻtayotgan turnirda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

 

Kunning markaziy jangi — Jalolov - Konkabayev juftligida raqib nomaʼlum sababga koʻra ringga chiqmadi.

 

Chorakfinalda qayd etilgan natijalar:

 

-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov - Janis Salotskix 5:0

 

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Junmilardo Ogayre (Filippin) 5:0

 

-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Rik de Nuiyer (Niderlandiya) 5:0

 

-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev - Aygun Birol (Turkiya) 5:0

 

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Sadam Magomedov (Serbiya) 4:1

 

-80 kg: Odiljon Aslonov - Tuoxetayerbiyeke Tanglatian (Xitoy) 0:5

 

-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev - Baregam Xarutyunyan (Armaniston) 5:0

 

-48 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Govind Kumar Sahani (Hindiston) 0:5

 

-54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Karlo Paalam (Filippin) 5:0

 

-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Artur Xazaryan (Armaniston) 5:0

 

-60 kg: Adxamjon Muxiddinov - Murat Yildirim (Germaniya) 5:0

 

-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Sachin (Hindiston) 1:4

 

-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Julifer Baskon (Filippin) 5:0

 

-71 kg: Nurislom Ismoilov - Aidan Valsʼh (Irlandiya) (raqib ringga chiqmadi)

 

-67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Loris Idrizi (Kosovo) 5:0

 

-67 kg: Bekzod Hamidov - Temirxan Tezek (Qozogʻiston) 3:2

 

-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Vaxid Abbasov (Serbiya) 4:1

 

-86 kg: Temurxon Sobirov - Tomas Niyedzviyetski (Polsha) (Sobirov jarohat sabab jangni davom ettirolmadi)

 

+92 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabayev (Qozogʻiston) (raqib ringga chiqmadi)

 

-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Bekzat Tangatar (Qozogʻiston) 5:0

 

Bahodir Jalolov va Kamshibek Konkabayev oʻrtasidagi jang oʻtkazilmadi. Qozogʻistonlik bokschi ushbu jangga chiqishdan bosh tortgan. Hozircha u nima sababdan bunday qarorga kelgani nomaʼlum.


Bahodir Jalolov shu sabab toʻgʻridan toʻgʻri keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish