Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini Rossiyada davom ettiradigan boʻldi

Saqlash
14:17 / 24.02.2023 2205 0

«Nasaf» futbolchisi Husayn Norchayev Rossiyaning «Alaniya» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar qildi.


«Klubning yosh, umidli hujumchisi Rossiyaning «Alaniya» jamoasiga transfer qilindi. «Nasaf» futbol klubi rahbariyati, murabbiylari hamda jamoamizning sevimli muxlislari nomidan Husayn Norchayevga kelgusidagi faoliyatida omad yor boʻlishini tilab qolamiz!», deyiladi klub xabarida.


Maʼlumotlarga koʻra, transfer 470 ming yevro evaziga amalga oshirilgan. Norchayevning taxminiy narxi esa 900 ming yevroga baholangan.

 

Husayn Norchayev «Nasaf» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019-yildan buyon bosh jamoa tarkibida edi. Norchayev «Nasaf» tarkibida Superliganing bir marta kumush va bir marta bronza medallarini, ikki bor Oʻzbekiston Kubogini qoʻlga kiritgan. 2021-yilda OFK kubogida toʻpurarga aylangan. Eslatib oʻtamiz, Qarshi klubi kuni kecha OCHL-2022 turniri nimchorak finalida «Ash-Shabob»ga magʻlub (0:2) boʻlib turnirni tark etgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//