O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Saqlash
13:54 / 23.02.2023 1415 0

23-fevral kuni erta tongda — Toshkent vaqti bilan 5:37 da Tojikistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning epitsentri Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining Murg‘ob tumani hududiga to‘g‘ri keldi.

 

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezilgan.

 

Chuqurlik 147 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 435 km janubi-sharqda.

 

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

 

  • Farg‘ona viloyatida 4 ball, 227 km;
  • Andijon viloyatida 4 ball, 256 km;
  • Namangan viloyatida 4 ball, 294 km;
  • Sirdaryo viloyatida 3−4 ball, 413 km;
  • Toshkent shahrida 3−4 ball, 435 km;
  • Jizzax viloyatida 3−4 ball, 467 km;
  • Surxandaryo viloyatida 3 ball, 509 km;
  • Samarqand viloyatida 3 ball, 523 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 614 km;
  • Navoiy viloyatida 3 ball, 666 km;
  • Buxoro viloyatida 3 ball, 739 km.

 

Markaz, shuningdek, yerosti silkinishlari Xorazmda 2−3 ball va Qoraqalpog‘istonda 2−3 balli bo‘lganini bildirgandi, biroq keyinchalik bu viloyatlar xabardan olib tashlandi.

 

Birinchi zilziladan keyin Tojikistonda yana qator yer silkinishlari sodir bo‘ldi: soat 05:55 da — 4,7 magnitudali (chuqurligi — 136 km), 06:06 da — 4,2 (15 km), 06:35 da — 4,5 (167 km), 07:07 da — 4,2 (190 km), 07:18 da — 4,5 (135 km).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//