O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y berdi

Saqlash
19:16 / 22.02.2023 1191 0

O‘zbekiston Sudyalar oliy kengashida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda kengash axborot xizmati xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, 22-fevral kuni 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y berdi. Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

 

Sherali Komilov Hoshimovich – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi; 

Nuriddinjon Tojiboyev Yoqubovich – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;  

Muhayyo Dedamirzayeva Yusupjanovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

– Furqatali Ahmedov Oktamaliyevich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Rustam Sultonov Dilshodovich — sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Nigoraxon Mirzakarimova Ibragimovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//