Siyosat
Shavkat Mirziyoyev va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi oliy darajadagi muzokaralardan soʻng ommaviy axborot vositalari vakillariga bayonot berdi, deb yozadi Prezident matbuot xizmati.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bayonot davomida Shavkat Mirziyoyev koʻhna va betakror Misr zaminida Oʻzbekiston delegatsiyasiga koʻrsatilgan samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Misr rahbariyati va xalqining ulkan yutuqlari Oʻzbekistonni xursand qilayotganini aytdi.
Boʻlib oʻtgan muzokaralar chogʻida yetakchilar ikki mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar — Yangi Oʻzbekiston strategiyasi va Misrning “Yangi Respublika” dasturi bir-biriga hamohang ekani, yangi ish oʻrinlarini yaratish va kambagʻallikni qisqartirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar uygʻunligi toʻgʻrisida yakdil fikr bildirilgan.
“Biz birgalikda nafaqat ikki mamlakat oʻrtasida, balki strategik jihatdan juda muhim boʻlgan mintaqalarimiz orasida ham mustahkam hamkorlik koʻprigini bunyod etishni maqsad qilganmiz”, — deydi mamlaka yetakchisi.
Uchrashuvda davlat rahbarlari siyosiy maslahatlashuvlarni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi koʻp qirrali aloqalarni kengaytirish masalalarini atroflicha koʻrib chiqilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Savdo-iqtisodiy hamkorlikda mavjud ulkan imkoniyatlar va salohiyat toʻliq ishga solinmayotgani alohida qayd etildi, shu munosabat bilan savdoni koʻpaytirish uchun amaliy mexanizmlar va samarali choralarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi. Birgalikda “yashil” energetika loyihalarini amalga oshirish, ikki davlatni bogʻlovchi maqbul transport yoʻnalishlarini ishlab chiqish, erkin iqtisodiy zonalar imkoniyatlaridan foydalanish, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.
Davlat rahbari yana bir bor Misr kompaniyalari mamlakatimizda oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini bildirdi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida faol oʻzaro qoʻllab-quvvatlash amaliyotini davom ettirishga ahdlashib olindi. Yetakchilar Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va ushbu mamlakat xalqiga koʻmaklashish boʻyicha saʼy-harakatlarni susaytirmaslik zarurligi taʼkidlandi.
Shavkat Mirziyoyev nutqining yakunida Oʻzbekiston—Misr sammitining natijalari ikki tomonlama munosabatlarni doʻst xalqlarimiz farovonligi yoʻlida sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishi va ularga uzoq muddatli ruh bagʻishlashiga qatʼiy ishonch bildirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Prezidentining Misrga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q