Ilm-fan
Oʻzbekistonda maktablarda yuz ming toʻgarak tashkil etish uchun davlat budjetidan 79,5 milliard soʻm ajratildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, vazirlik tomonidan oʻquvchilarda kasb-hunar koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida umumtaʼlim muassasalarida 100 mingta toʻgarak tashkil etish boʻyicha zarur ishlar boshlangan. Maktab oʻquvchilarini kasbga yoʻnaltirish, taʼlim muassasalarida bepul toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur topshiriqlar prezidentning 2022-yil 28-yanvardagi “2022—2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan.
Ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan 79,5 milliard soʻm ajratilgan boʻlib, toʻgaraklar yoʻnalishini aniqlash boʻyicha oʻquvchilar va ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazilmoqda.
Bunda oʻquvchilarga axborot-kommunikasiya texnologiyalari, IT injiniring, tarjimonlik kabi yoʻnalishlar boʻyicha toʻgaraklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
111617
Jamiyat
94640
Jamiyat
90627
Jamiyat
75114
Jamiyat
//
Izoh yo‘q