Prezident Buxorodagi zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini borib koʻrdi

Saqlash
23:04 / 17.02.2023 1640 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Aksa Enerji Bukhara” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishga tushirilgan issiqlik elektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Iqtisodiyot rivojlanib, korxonalar koʻpayishi bilan energiya resurslariga talab oshib bormoqda. Shuning uchun barcha hududlarda bunday quvvatlarni oshirish choralari koʻrilmoqda.

 

 

Xususan, oʻtgan yili “Aksa Enerji Bukhara” tomonidan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirilgan edi. U 150 million dollarlik toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya evaziga barpo etilgan. Uskuna va jihozlar Turkiyadan keltirilgan. Bu yerda 150 kishi mehnat qiladi.

 

Stansiya quvvati 270 Megavatt. Bu yiliga 2 milliard 200 million kilovatt soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish, viloyatning 60 foiz isteʼmolini qoplash imkonini beradi.

 

Davlat rahbari stansiyaning dispetcherxonasini koʻzdan kechirdi, boshqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

 

 

2023-yilda Buxoroda yillik elektr isteʼmoli 4,3 milliard kilovatt soatni tashkil etib, taqchillik 150 million kilovatt soat boʻlishi kutilayotganini inobatga olib, mutasaddilarga viloyatda taqchillikni qoplash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

 

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish va tarmoqlarda yoʻqotishlarni kamaytirish, sohaga yuqori texnologiyalarini jalb qilish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//