2022-yil uchun Davlat byudjeti loyihasi eʼlon qilindi. Eng koʻp mablagʻ Moliya vazirligiga ajratiladi

Saqlash
16:14 / 16.11.2021 946 0

2022-yil uchun Davlat byudjeti loyihasi eʼlon qilindi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, 2022-yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 200,0 trln. soʻm, xarajatlari esa Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olgan holda 215,4 trln. soʻm miqdorida ajratilishi rejalashtirilmoqda.

 

Loyihaga koʻra, 2022-yilda Davlat byudjetidan vazirlik va turli davlat tashkilotlariga quyidagicha miqdorda mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan:

 

1. Xalq taʼlimi vazirligi — 25, 8 trln

2. Maktabgacha taʼlim vazirligi — 6,4 trln

3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi — 4,1 trln

4. Sogʻliqni saqlash vazirligi — 3 trln

5. Madaniyat vazirligi — 727 mlrd

6. Innovatsion rivojlanish vazirligi — 843 mlrd

7. Uy-jon kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi — 1,3 trln

8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi — 615 mlrd

9. Suv xoʻjaligi vazirligi — 3,4 trln

10. Energetika vazirligi — 55 mlrd

11. Transport vazirligi — 5,8 trln

12. Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qoʻmitasi — 38 mlrd

13. Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi — 1 1 trln

14. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi — 186 mlrd

15. Turizmni va sport vazirligi — 1 7 trln

16. Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi — 14 mlrd

17. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi — 136 mlrd

18. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi — 246 mlrd

19. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi — 8,99 mlrd

20. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 10, 7 mlrd

21. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1,2 trln

22. Davlat statistika qoʻmitasi — 264 mlrd

23. Qurilish vazirligi — 358 mlrd

24. Tashqi ishlar vazirligi – 577 mlrd

25. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi — 415 mlrd

26. AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi— 160 mlrd

27. Adliya vazirligi — 164 mlrd

28. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi — 769 mlrd

29. Moliya vazirligi — 73 trln

30. Davlat soliq qoʻmitasi — 1,5 trln

31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — 1,6 trln

32. Prezident Administratsiyasi — 795 mlrd

33. Prezident huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi - 230 mlrd

34. Hisob palatasi – 60 mlrd

35. Oliy Majlisi Senati – 148 mlrd

36. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi - 237 mlrd

37. Ombudsman - 8 mlrd

38. Bosh prokuratura – 1,3 trln

39. Oliy sud – 1 trln

40. Konstitutsiyaviy sud – 12 mlrd

41. Sudyalar Oliy kengashi - 33 mlrd

42. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi - 19 mlrd

43. Markaziy saylov komissiyasi - 11 mlrd

44. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi - 561 mlrd

45. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi - 20 mlrd

46. Prezident taʼlim muassasalari agentligi - 430 mlrd

47. «Oʻzarxiv» agentligi - 10 mlrd

48. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi - 90 mlrd

49. Kinematografiya agentligi - 233 mlrd

50. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi - 87 mlrd

51. Strategik rivojlanish agentligi - 7 mlrd

52. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi – 63 mlrd

53. Gidrometeorologiya xizmati markazi -180 mlrd

54. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi –11 mlrd

55. Yoshlar ishlari agentligi – 212 mlrd

56. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi – 57 mlrd

57. Fanlar akademiyasi –328 mlrd

58. Boshqa tashkilotlar – 29 trln

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//