Prezident sovrini uchun eng yaxshi startap tanlovi o‘tkaziladi

Saqlash
17:15 / 16.02.2023 658 0

Hukumat qarori bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

 

– sun’iy intellekt texnologiyalari;

– ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;

– axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;

– tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;

– kompyuter va mobil o‘yin dasturlari. 

 

Tanlovning asosiy yo‘nalishlarida 30 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashadi.  

 

Maxsus yo‘nalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti bo‘lgan tashkilotlarda ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham (3–5 kishi) ishtirok etishi mumkin. 

 

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda aniqlanadi: 

 

– asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;

– maxsus yo‘nalish bo‘yicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan.

 

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

 

5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha:

 

1-o‘rin uchun – 100 ming AQSh dollari;
2-o‘rin uchun – 50 ming AQSh dollari;
3-o‘rin uchun – 30 ming AQSh dollari;

 

Maxsus yo‘nalish bo‘yicha (bitta) – 100 ming AQSh dollari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//