Siyosat
Soʻnggi yillarda olimlarning ish haqi 4,5 barobar oshirilgan. Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion soʻm ajratilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan ijtimoiy sohalarga masʼul rahbarlar yigʻilishida maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, 2022-yilda 386 ming nafar maktab bitiruvchilaridan 137 ming nafari oliy taʼlimga, 20 ming nafari kollej va texnikumlarga qamrab olingan. Lekin bitiruvchilarning 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib kelgan.
Yigʻilishda soʻnggi yillarda olimlarning ish haqi oshirilishi, ilm-fan hamda innovatsiyalarga ajratilayotgan mablagʻlardan foydalanib, suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi yoʻnalishlarda ilmiy asoslar yaratish zarurligi qayd etildi.
Yosh avlodni yuksak madaniyat ruhida tarbiyalash masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-avaylash muhimligi taʼkidlandi. Xalqimiz madaniyati va tabiat maskanlarini keng targʻib qilib, turistlarga sharoitlarni yaxshilash boʻyicha vazifalar belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q