Madaniyat
Bugun, 14-fevral kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Milliy Gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti davlat universiteti bilan hamkorlikda atoqli shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bagʻishlangan “Bobur izdoshlari” nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Adiblar xiyobonidagi shoir haykali poyida oʻtkazilgan kechada davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.
Tadbir avvalida jamoatchilik ishtirokida Bobur haykali poyiga gulchambar qoʻyish hamda shoir va sarkardalar obrazida Oʻzbekiston Milliy Gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetining Otliq qoʻshinlari jamoasining chiqishlari bilan boshlandi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyidga soʻz berildi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori, shoira Shahlo Ahrorova “Boburnoma asarining jahon tamaddunida tutgan oʻrni”, adabiyotshunos olim Oʻtkir Yoʻldoshev “Bobur shoh va shoir”, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Zulfiya Moʻminova va boshqalar maʼruza qildi.
Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq artisti Munojot Yoʻlchiyeva tomonidan kuylangan qoʻshiq davraga oʻzgacha fayz kiritdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti davlat universitetining professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Talaba-yoshlar tomonidan kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari hamda gʻazalxonlik oʻtkazildi.
Shuningdek, “Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari” koʻrgazmasi ham tashkil etildi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q