Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Yangiobod tumanining Uchturgon qishlog‘ida fuqaro tomonidan bo‘rining so‘yilishi aks etgan suratli xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyati boshqarmasi ekologik inspeksiyasi tomonidan holat bo‘yicha o‘rganish olib borilgan. O‘rganishlar davomida Yangiobod tumani “Havotog‘” QFYning Uchturgon qishlog‘ida yashovchi fuqaro J.Z. tomonidan bundan ikki yil oldin ushbu holat sodir etilgani aniqlangan.
“Holat yuzasidan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning o‘n baravari, ya’ni 3 mln. so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi”,– deyiladi xabarda.
Shuningdek, fuqaroga hayvonot dunyosi davlat tomonidan muhofaza etilishi to‘g‘risida tushuntirish olib borilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111018
Jamiyat
94506
Jamiyat
90442
Jamiyat
74479
Jamiyat
//
Izoh yo‘q