Turkiyada oddiy hamshira zilzila vaqti bemor bolalarni qutqarib qoldi (video)

Saqlash
21:23 / 13.02.2023 1606 0

Turkiyadagi zilzila vaqtida Gaziantepdagi kasalxonada olingan tasvirlar barchani hayratga soldi. Sogʻliqni saqlash vaziri Fahrettin Koja falokat vaqti qochish oʻrniga kasal bolalarni qutqarishga uringan hamshira tasvirlangan videolarni ulashdi.

 

Tasvirlarda zilzila boshlangandayoq hamshira palataga yugurib kelib, bolalarni quchoqlab binodan olib chiqayotganini koʻrish mumkin.

 

“Ertalab soat 4:00 lar atrofida tez yordam boʻlimiga bordim. Yer silkinayotganini his qilganimda “Boʻlimdagi bolalarim” deganimni eslayman faqat. Oʻsha vaziyatda sovuqqon boʻlishga harakat qildim. Silkinish biroz yengillashganini sezgach, ularni xavfsiz yerga olib chiqish uchun shoshildim. Ularni qutqara olmasam ham yonlarida boʻlardim. Chunki boʻlimdagi bolalar kasal edi, doimo tekshirib turardim ularni. Bolalar avval Xudoga, keyin bizga omonat. Nima boʻlishidan qatʼi nazar ular bilan birga boʻlishimiz kerak”, — dedi Shayma mahalliy nashrlarga voqea haqida soʻzlarkan.

 

“Zilzila sodir boʻlgan hududda ishlayotgan doʻstlarim va hamkasblarimdan Alloh rozi boʻlsin. Ularning qurbonliklari men qilgan ishlardan koʻra kattaroqdir. Men esa odamlarga insoniylikni koʻrsata olganimizdan baxtiyorman”, — dedi u yana.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//