Madaniyat
“Yoshlik” kinostudiyasi va Xorazmcinema hamkorligida XX asrning 20 yillarida Germaniyada oʻqigan oʻzbek talabalaridan Maryam Sultonmurodovaga bagʻishlangan “Matonatli Maryam” filmi suratga olinmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Kartina toʻliq metrajli, drama janridagi badiiy film boʻlib, ssenariy muallifi Roʻziboy Qulmatov, postanovkachi rejissyor Umrbek Roʻzimov, badiiy rahbar esa Mansur Vasati hisoblanadi.
Qayd etilishicha, filmda 1922-yilda turkistonlik jadidlar tashabbusi bilan Germaniyaga oʻqishga yuborilgan xorazmlik Maryamxon Sultonmurodovaning taqdiri haqida hikoya qilinadi. Maryamxon otasi — “Yosh xivaliklar” harakatining yoʻlboshchilaridan boʻlgan Xorazm Xalq Respublikasi muvaqqat rahbari Jumaniyoz Sultonmurodovning taraqqiyparvarlik gʻoyalari taʼsirida ulgʻayadi. Shu sabab toʻsiqlarga qaramay, Germaniyaga borib oʻqishga intiladi va buning uddasidan chiqadi.

Ayni paytda mazkur tarixiy-badiiy filmni suratga olish boʻyicha lokatsiyalar oʻrganilayotgani qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
109864
Jamiyat
94209
Jamiyat
90039
Jamiyat
73237
Jamiyat
//
Izoh yo‘q