“Men hatto 1 ta binoning ham noqonuniy qurilishiga ruxsat bermadim” – zilzila oqibatida birorta binosi qulamagan Erzin shahri hokimi

Saqlash
15:02 / 13.02.2023 1180 0

Erzin shahri Hatay viloyatining vayronagarchilik boʻlmagan yagona hududi boʻldi. Bunga shahar hokimi Okkesh Elmasoʻgʻlining qatʼiyati sabab boʻlgani aytilmoqda.

 

“Men hatto 1 ta binoning ham noqonuniy qurilishiga ruxsat bermadim. Ular mendan gʻazablanishdi, tanqid qilishdi va hatto qoʻrqitishdi ham. “Bu mamlakatda halol boʻlgan bitta senmi”, degan gaplarni eshitdim. Lekin hozir vijdonim bezovta qilmayapti”, — deydi Okkesh Elmasoʻgʻli.

 

Erzin shahri hududida birorta ham bino qulab tushmagan.

 

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 6-fevral kuni Turkiya va Suriyada epitsentri Gaziantep yaqinida boʻlgan 7,8 magnitudali zilzila va undan keyingi aftershoklar qurbonlari soni 30 mingdan oshgan. Turkiyada 29 605 qurbon qayd etilgan boʻlsa, Suriyada bu koʻrsatkich 3575 kishiga yetgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish