Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida qurilishi yakunlanmagan bino buzilib ketgani aytilgan xabar tarqalgandi. Holat bo‘yicha viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi, deb bayonot berdi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, obyektning qurilish ishlari 2022-yil mart oyida boshlangan. Nazorat tadbirlari davomida fuqaro I.Usmonov tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz, inspeksiyani xabardor qilmasdan, obyektda qo‘shimcha 2 qavat (4−5-qavat) qo‘shib, qurilish ishlarini amalga oshirgan.
Holat bo‘yicha fuqaro I.Usmonovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi (obyektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan, ish hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish) bilan ma’muriy chora qo‘llangan.
Qurilish ishlari davomida binodagi temir-beton plitalarining qulab tushishi va bino yuqori qavatlaridagi devorlar buzilishiga ishchilar tomonidan temir-beton plitalar ustiga me’yordan (me’yor bo‘yicha 1 metr kvadrat yuzaga 800 kg yuk tushishi belgilangan, lekin ushbu yuzaga 1400−1500 kg atrofida yuk joylangan) ortiq qurilish materiallari yuklangani hamda yuklarni avtokranda tushirish jarayonida dinamik qo‘yish hosil bo‘lishi sabab bo‘lgan.
Inspeksiya tomonidan obyektning shaharsozlik hujjatlarisiz qurilgan va yaroqsiz holga kelgan 4 va 5-qavatlarini fuqaro I.Usmonov tomonidan texnika xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etgan holda buzib (demontaj) olishi kerakligi tushuntirilgan, binoning 5-qavati demontaj qilingan.
Hozirda I.Usmonovning moliyaviy muammolari sabab binoning 4-qavatini buzish va qurilish ishlarini davom ettirish vaqtincha to‘xtatilgan. Obyektning demontaj ishlarini bajarish va qurilishni davom ettirish inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q