Bitiruvchilari ishga joylashmagan nodavlat OTMning faoliyati tugatishi mumkin

Saqlash
10:02 / 13.02.2023 1271 1

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov OTMga quyosh panellarini oʻrnatish ishlari yanada jadallashtirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kengaytirish hamda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha oliy taʼlim muassasalari rektor va masʼul prorektorlari bilan kengaytirilgan onlayn formatda yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

 

Unda dastlab barcha oliy taʼlim muassasalarini muqobil energetikasiga oʻtkazish masalasi muhokama qilindi. Rektorlarga universitet va institutlarning oʻquv va talabalar turar joylari binolarini toʻliq quyosh energiyasi panellari bilan jihozlash topshirildi.

 

Soʻng, oliy taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari, xodimlari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kengaytirish lozimligi qayd etildi. Buning uchun rektorlarga oʻz xodimlarining farzandlari bilan maktub orqali yozishmalarni yoʻlga qoʻyishi tavsiya etildi. Vazir rektor xodimining oilasidagi muhitni oʻrganish orqali jamoadagi muhitni yaxshilashi boʻyicha shaxsiy tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.

 

Shuningdek, OTMdagi iqtidorli talabalar roʻyxatini tuzish va ular bilan alohida ishlash mexanizmini yoʻlga qoʻyish masalasida takliflar berildi. Oliy va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilishi, ayniqsa ishga joylanmagan bitiruvchilari soni koʻp boʻlgan nodavlat OTM sifatsiz taʼlim berayotgan muassasa deb, topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

1 Izoh

Nigora

06:01 / 01.01.1970

Agar talaba ishga joylasholmasa uning olgan diplomi OTM tugatilgandan so'ng tan olinmaydimi. Agar shunday bo'lsa buni talaba qabul qilmasdan oldin ko'rib chiqish kerak edi. Axir shuncha talaba pulini, vaqtini, umrini o'tkazib o‘qiyapdiku.

Izoh qoldirish