Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida 10-fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Safar dasturidagi birinchi manzil Paxtakor tumanidagi “Paxtakor elita urugʻchiligi” fermer xoʻjaligi boʻldi. Xoʻjalik maydoni 100 gektar boʻlib, shundan 80 gektarida paxta va gʻalla, qolgan qismida soya, sarimsoqpiyoz, beda ekilgan.
Davlat rahbari oʻtgan yili oktyabrda Sirdaryo viloyatida boʻlganida dala chetlaridagi yerlardan samarali foydalanish, fermer va ishchilarga qulaylik yaratish uchun dala uylari qurish zarurligini aytgan. Dala chetiga tut, uzum, poliz va dukkakli mahsulotlar ekilgan, asalari uyalari qoʻyilgan. Yengil konstruksiyalardan dala uyi qurilgan, uning tomida quyosh panellari oʻrnatilgan. Prezident ushbu uyni kirib koʻrdi, fermer oilasi bilan suhbatlashdi.
Qishloq xoʻjaligi sohasi mutasaddilari va paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari bilan muloqotda hosildorlikni oshirish, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
“Biz nimaga boyligimiz boʻlgan yerni klasterlarga berdik? Xalqqa nafi tegishi uchun. Endi klasterlar islohotlarga munosib boʻlib, davlat siyosatini amalga oshirishi kerak. Qishloq xoʻjaligini sanoatlashtirish, korxonalar ochish va kasanachilik orqali oʻz hududida ishsizlikni kamaytirishi zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Maʼlumki, ishsiz fuqarolarga dehqonchilik uchun yerlar ajratilmoqda. Jizzax viloyatida bu orqali 13 mingdan ziyod yoshlarning bandligini taʼminlash moʻljallangan.
“Bir paytlar 1 gektar yerni xalqqa berish mumkin emasdi. Hozir 200 ming gektar ajratdik. Nima uchun? Odamlarga daromad manbai boʻlishi uchun. Endi “qarsak ikki qoʻldan chiqishi” kerak”, — dedi davlat rahbari.
Fermerlarning manfaatdorligini taʼminlash, mahallalarning “oʻsish nuqtalari”ni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q